Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi.
Prezidentimiz taklifi bilan 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu maqsadda 2016-yil 28-dekabrda Prezidentimizning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda