O`rta Osiyo xalqlarining, jumladan, Xorazm, Sug‘d, Farg‘ona va Xuroson xalqlarining o`ziga xos madaniyatini, O`rta Osiyo xalqlarining dunyo madaniyatiga qo`shgan hissasini inkor etish qo`pol xatolikdir. Bunga juda ko`p dalillar keltirish mumkin: IX asrda Bag‘dodda “Ma’mun akademiyasi”da ishlagan olimlarning ko`pi, shu jumladan, Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy (780 — 850); Abdulhamid ibn Turk al- Xuttaliy (IX), Abbos ibn Said al- Javhariy (IX), Abu al -Abbos Ahmad al- Farg‘oniy (IX), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy(IX)laro`rtaosiyolikedi.Afsuski, irqchilik va yevrotsentrizm g‘oyalari bilan sug‘orilgan reaktsion burjua olimlari Sharq xalqlarining, jumladan, O`rta Osiyo xalqlarining dunyo madaniyati va faniga qo`shgan hissalarini inkor etib,