Shavkat Mirziyoyev: «Adashgan insonlarni ma’rifatga chaqirishimiz kerak»
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, odamlarni turli diniy oqimlar ta’siridan asrash to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Prezidentning yig‘ilishda so‘zlagan nutqi «Axborot» informatsion dasturida olib ko‘rsatildi.