2016 yilning 4 noyabrda “O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida «ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i loyihalari» mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo'lim boshligi O.Baxtiev va malaka oshirish institutida malaka owirayotgan rahbar kadrlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan portalning yangi qiyofasi, uning ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlari, bo'limlar va portal doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.